Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Tojikistonda restoranda to‘y o‘tkazishga ruxsat berildi. Qancha odam chaqirish mumkin?

Tojikistonda restoranda to‘y o‘tkazishga ruxsat berildi. Qancha odam chaqirish mumkin?

Tojikiston “Xovar” milliy axborot agentligi tomonidan tarqatilgan xabarga ko‘ra, COVID-19 ko‘payishi profilaktikasi va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar bo‘yicha respublika shtabi bugun o‘zining navbatdagi majlisida mamlakatda 20 iyundan boshlab to‘ylarni o‘tkazishga ruxsat berish to‘g‘risida qaror qabul qildi. To‘y tadbirlari restoran, kafe yoki uylarda 100 kishidan ortiq bo‘lmagan qatnashchilar bilan barcha sanitariya-gigiyena qoidalari asosida o‘tkazilishi belgilangan. 

Eslatib o‘tamiz, pandemiya tufayli 30 mart kuni Tojikistonda to‘y tantanalarini o‘tkazish ta’qiqlangan edi. COVID-19 ko‘payishi profilaktikasi va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar respublika shtabi tomonidan to‘y tantanalari vaqtincha cheklangan bo‘lsada nikoh tuzish taqiqlanmagandi. 

Kiritildi: 18:13 17.06.2020. O'qildi: 4976 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!