Bugun 27 sentyabr, 2022 yil, seshanba

КИР

Tojikistonda bugun 78 yillik rekord yangilanadi

Tojikistonda bugun 78 yillik rekord yangilanadi

18 iyuldan 20 iyulgacha Tojikistonda havo haroratining keskin ko‘tarilib ketishi kuzatiladi. Mamlakatning janubiy hududlarida harorat 45-47 darajagacha chiqishi aytilmoqda. Bu 78 yil avval qayd etilgan rekord yangilanadi deganidir, deb yozmoqda «Xovar» agentligi hukumat huzuridagi atrof-muhitni himoya qilish qo‘mitasining gidrometeorologiya agentligi manbalariga tayanib.

Tojikistonning tarixida eng yuqori harorat bundan 78 yil avval, ya’ni 1944 yilda qayd etilgan edi. O‘shanda hozirgi Xatlon viloyatining Shaxritus tumani hududidagi Ayvaj qishlog‘ida havo harori 47 darajani qayd etgani.

Respublika Gidrometeorologiya agentligining ogohlantirishicha, havoning qo‘qqisdan keskin isib ketishi muzliklarning erishini tezlashtirib yuborishi mumkin, shuningdek, tog‘ jinslarining yemirilishiga, yer ko‘chkilari, daryolarda suv sathi ko‘tarilishi, suv toshqinlari ro‘y berishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Harorat keskin ko‘tarilib ketishi sababli Tojikiston sog‘liqni saqlash va aholini ijtimoiy himoyalash vazirligi hamda Tojikiston hukumati huzuridagi favqulodda vaziyatlar va fuqaro mudofaasi bo‘yicha qo‘mita aholini ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirgani aytiladi xabarda.

Kiritildi: 22:45 18.07.2022. O'qildi: 7748 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!