Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Tojikiston SSV mamlakatda koronavirusga chalingan bemor qolmaganini ma’lum qildi

Tojikiston SSV mamlakatda koronavirusga chalingan bemor qolmaganini ma’lum qildi

Tojikistonda COVID-19 bilan kasallangan bemor qolmadi, deya xabar bermoqda Daryo.

Ta’kidlanishicha, 2021 yilning 13 yanvar holatiga ko‘ra, Tojikistonda koronavirus bilan kasallangan bironta bemor qolmadi. Mamlakat sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza vazirligi shu kuni bergan xabarda koronavirusdan tuzalgan so‘nggi 3 nafar bemorga uyiga javob berilgani aytiladi.

Koronavirus pandemiyasi davrida Tojikistonda virusni yuqtirish bo‘yicha jami 13 308 holat aniqlangan. Bemorlarning 13 218 nafari sog‘aygan, 90 nafari vafot etgan.

Tojikistonda koronavirusni yuqtirish holati ilk marta 2020 yilning 30 aprelida tasdiqlangandi. Eng ko‘p kasallanish holatlari yoz va kuzda kuzatildi. 2021 yilda jami 12 ta holat qayd etilgan.

Ma’lum qilinishicha, 2021 yilning ikkinchi yarmida Tojikiston Sog‘liqni saqlash vazirligi fuqarolarni koronavirusga qarshi emlashni rejalashtirmoqda. Dastlab tibbiyot xodimlari, keksalar va surunkali yuqumsiz kasalliklarga chalingan tojikistonliklar emlanadi. Davlat departamenti rahbari Jamoliddin Abdullozodaning ta’kidlashicha, virus mamlakatda yozgacha butunlay yo‘q bo‘lib ketadi.

Kiritildi: 17:48 16.01.2021. O'qildi: 2879 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!