Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

TIV So‘xdagi janjalning sababini ma’lum qildi

TIV So‘xdagi janjalning sababini ma’lum qildi

Joriy yilning 31-may kuni O‘zbekiston-Qirg‘iziston davlat chegarasi “Chashma” uchastkasida O‘zbekiston va Qirg‘izistonning chegaradosh hududlari aholisi o‘rtasida mahalliy darajadagi hodisa yuz berdi.

Voqea sabablarini ikki tomon rasmiy shaxslari o‘rganishi shuni ko‘rsatdiki, “Chashma” bulog‘ining ariqlarini birgalikda tozalash paytida yuzaga kelgan bahslashuv natijasida ikki mamlakatning ayrim fuqarolari o‘rtasida mojaro kelib chiqqan.

Hodisa natijasida ikki tomondan ham jabrlanganlar bor. Ularga zarur tibbiy yordam ko‘rsatildi.

Ikki mamlakatning chegaradosh viloyatlari rahbarlarining muzokaralari natijasida vaziyat to‘liq nazoratga olindi. Tomonlar bundan keyin oldindan kelishuvsiz tozalash ishlarini olib bormaslikka kelishib oldilar.

Ta’kidlash joizki, “Chashma” bulog‘i O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi aholisini ichimlik va sug‘orish suvi bilan ta’minlaydi. O‘zaro manfaatlarni inobatga olgan holda “Chashma” bulog‘idan birgalikda foydalanish to‘g‘risida kelishuv mavjud.

2020-yil 1-iyun kuni soat 09.00 da O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripovning Qirg‘iziston Respublikasi hukumati rahbari v.b. K.Boronov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikka oid keng ko‘lamli masalalar muhokama qilindi. Tomonlar transchegaraviy hamkorlikni rivojlantirish va chegarada yuzaga keladigan muammolarni do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik ruhida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasida 2017-yil 6-oktyabrda imzolangan Chegara hududida ishonch choralari bo‘yicha Bitim qoidalariga muvofiq hal qilishga kelishib oldilar.

Hukumat rahbarlari yaqin vaqt ichida Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya yig‘ilishi va O‘zbekiston Respublikasining chegaradosh viloyatlari hokimlari va Qirg‘iziston hukumatining chegaraoldi hududlaridagi vakolatli vakillari Kengashini o‘tkazishga kelishib oldilar.

“Ikki mamlakat delegasiyalari rahbarlari birgalikda mahalliy aholi bilan ham uchrashuv o‘tkazdi”,— deyiladi xabarda.

Kiritildi: 15:03 01.06.2020. O'qildi: 6606 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!