Eron tinchlikka intiladi, ammo urushga tayyor va undan qo‘rqmaydi, Tehron G‘azo sektori va Livanda tinchlik o‘rnatish uchun harakat qiladi, dedi Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Arag‘chi Bag‘dodda Iroqdagi hamkasbi bilan matbuot anjumanida.
"Biz urushga ham, tinchlikka ham tayyormiz. Bu Eron Islom Respublikasining qat’iy pozisiyasidir: biz urush holatiga mutlaqo tayyormiz, urushdan qo‘rqmaymiz. Biroq biz urushga intilmaymiz, biz tinchlikka intilamiz va G‘azo va Livanda adolatli tinchlik uchun harakat qilamiz," - deya vazirning so‘zlarini keltirmoqda Eron hukumatining rasmiy Telegram-kanali.