Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Tilanchilik bilan shug‘ullangan shaxslarga jazo tayinlandi

Tilanchilik bilan shug‘ullangan shaxslarga jazo tayinlandi

Tilanchilik bilan shug‘ullanish qonun bilan ta’qiqlangan bo‘lsada, xiyobonlarda, istirohat bog‘larida, bozorlarda, savdo majmualarida pul, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa moddiy qimmatliklar berishni faol tarzda so‘rab, tilanchilik bilan shug‘ullanib yurgan shaxslar tobora ko‘payib bormoqda.

Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan bunday qonunbuzarlik holatlarini sodir qilayotgan bir qator shaxslar aniqlanmoqda.

Urganch shahar ma’muriy sudi raisi D.Ochilovning "ANIQ.UZ"ga ma’lum qilishicha, Urganch shahri bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi xodimlari tomonidan 2020 yil 18 fevral kuni jamoat joylarida o‘tkazilgan tadbirda savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar va fuqarolardan pul, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa moddiy qimmatliklar berishni faol tarzda so‘rab, tilanchilik bilan shug‘ullanyotgan 1989 yilda Buxoro viloyati Kogon shahrida tug‘ilgan fuqaro U.A va 2001 yil 3 noyabrda Buxoro viloyati Kogon shahrida tug‘ilgan fuqaro Q.U ushlanib, ularga nisbatan MJtKning 1883-moddasi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Urganch shahar ma’muriy sudining 2020 yil 18 fevral kungi qaroriga ko‘ra, U.A O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 1883-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topililib, unga nisbatan
5 sutka ma’muriy qamoq jazosi, Q.Uga nisbatan bazaviy hisoblash miqdori (223.000 so‘m) ning 1 baravari miqdorida, ya’ni 223.000 so‘m jarima jazosi tayinlandi.   

 

 

Kiritildi: 13:42 20.02.2020. O'qildi: 2445 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!