Bugun 16 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

TikTok yana uch ming nafar xodimni ishga olmoqchi

TikTok yana uch ming nafar xodimni ishga olmoqchi

Kichik hajmli videolar dasturi hisoblanuvchi TikTok kelayotgan uch yil ichida yana 3000 nafar xodimni ishga qabul qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniya vakillari "Reuters"ga bergan intervyusida ma’lum qilishdi.

So‘nggi paytlarda TikTokning kelajagi borasida xavotirlar tug‘ilmoqda edi. AQSh prezidenti Donald Tramp TikTokdagi odamlarning shaxsiy ma’lumotlariga xavf bo‘lishi mumkinligi uchun uni mamlakat hududida ta’qiqlamoqchi ham bo‘ldi. Lekin, yangi xodimlarni qabul qilish haqidagi qaror kompaniya o‘zining atrofidagi mish-mishlarga qaramasdan ish faoliyatini kengaytirish rejalaridan voz kechmaganini ko‘rsatmoqda.

“Biz dunyoda tezkorlik bilan o‘sishimiz uchun o‘zimizdagi muhandislar jamosini kengayitirshni maqsad qilyapmiz. Jumladan, kelayotgan uch yil mobaynida Kanada, Yevropa, Singapur va AQShda yana 3000 nafar muhandisni yollamoqchimiz” deydi TikTokning matbuot kotibi.

Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, Qo‘shma Shtatlar kompaniyaning muhandislik markazlaridan biri bo‘lib qoladi va bu mamlakatdan ko‘proq xodimlar jalb qilinadi. Ayni paytda TikTokning Xitoy tashqarisida 1000 ga yaqin muhandisi bor bo‘lib, ularning yarmi AQShning Kaliforniya shtatida faoliyat olib boradi.

Kiritildi: 13:35 28.10.2020. O'qildi: 1966 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!