Bugun 8 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Tibo Kurtua "Real"ni tark etadi. Uning o‘rniga ukrainalik posbon asosiy darvozabon bo‘ladi

Tibo Kurtua "Real"ni tark etadi. Uning o‘rniga ukrainalik posbon asosiy darvozabon bo‘ladi

Madridning "Real" klubi darvozaboni Tibo Kurtua klub bilan amaldagi kelishuvni uzaytirmoqchi emas, deya xabar bermoqda El Nacional.

Belgiyalikning shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan. Manba ma’lumotiga ko‘ra, Kurtua shartnomasini yakunlagach, professional faoliyatini yakunlashi yoki so‘nggi yirik kelishuvni imzolashi mumkin - ehtimol, Saudiya Arabistoni klublaridan biri bilan. Shuningdek, u futbolchilik faoliyatini boshlagan "Genk"ga qaytish varianti ham ko‘rib chiqilmoqda.

Qayd etilishicha, "Real" prezidenti Florentino Peres Kurtua ketganidan keyin birinchi raqamli pozisiya uchun asosiy nomzod sifatida ukrainalik Andrey Luninni ko‘rmoqda. Ammo buning uchun Lunin belgiyalik futbolchining shartnomasi yakuniga qadar zaxirada qolishi kerak va bu imkoniyatni kutishga uning sabr-toqati yetadimi yoki yo‘qmi, noma’lum.

Madridliklar uchun muqobil variant - "Brayton" a’zosi Bart Verbryuggen. Klub skaut xizmati allaqachon niderlandiyalik posbonning o‘yinini diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Joriy mavsumda 26 yoshli Lunin hali "Real" safida maydonga tushmagan. Tibo Kurtua ayni damda 33 yoshda.

Kiritildi: 11:50 14.10.2025. O'qildi: 906 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!