Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Tezkor! Toshkentda kiyimsiz, yalang‘och yurgan jizzaxlik yigit qo‘lga olindi

Tezkor! Toshkentda kiyimsiz, yalang‘och yurgan jizzaxlik yigit qo‘lga olindi

Internet ijtimoiy tarmog‘ida yosh yigit yalang‘och holatda ko‘chada yurgani aks etgan video tarqaldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz, 10 avgust kuni soat 16.30 larda Jizzax viloyatida tug‘ilgan 22 yoshli X.Islom Chilonzor tumani Muqimiy ko‘chasida kiyimsiz holatda aylanib yurgan. Shu yaqin orada xizmat olib borayotgan IIV xodimi uni ko‘rib, hududiy bo‘limga xabar bergan. Hodisa joyi PPX avtoekipaji va profilaktika inspektori yetib kelib, Islomni Chilonzor tumani IIO FMB 3-sonli bo‘limi olib borishgan.

Mazkur holat yuzasidan unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 183-moddasi (“Mayda bezorilik”) asosida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, hujjatlar sudga yuborilgan.

Kiritildi: 13:53 11.08.2020. O'qildi: 15046 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!