Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Tez yordam avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir bo‘ldi

Tez yordam avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir bo‘ldi

Joriy yilning 25 fevral kuni soat 12:30 larda Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumanida yashovchi N.M. “Farg‘ona shifo” tez yordam  avtoxo‘jalik korxonasiga tegishli bo‘lgan “Nissan” rusumli transport vositasini 4K920 avtomobil yo‘lida boshqarib ketayotib, 4R112 avtomobil yo‘li bilan kesishgan chorrahaga kelganda, asosiy yo‘lda harakatlanib kelayotgan R.S. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli transport vositasi yo‘liga chiqib ketishi natijasida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Buning oqibatida  R.S. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli  avtomashina ag‘darilib, qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketib, ushbu yo‘lda harakatlanib kelayotgan  D.X. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashina bilan to‘qnashgan.          
Natijada haydovchi R.S. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli transport vositasida bo‘lgan yo‘lovchilar  T.R. va A.S.lar tan jarohati olib shifoxonaga murojaat qilishgan. 

Hurmatli yo‘l harakati ishtirokchilari yo‘llarda harakatlanganda yo‘l harakati qoidalariga amal qilishingizni so‘rab qolamiz, deyiladi O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabarida.

Kiritildi: 21:16 25.02.2020. O'qildi: 1399 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!