Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Test sinovlarining yakuniy javobi qachon e’lon qilinadi?

Test sinovlarining yakuniy javobi qachon e’lon qilinadi?

Bugungi kungacha aksariyat hududlarda test sinovlari yakunlanib bo‘ldi. Xususan, 8 avgust kuni Surxondaryo, 10 avgust kuni Sirdaryo, Namangan viloyatlari hamda Toshkent shahrida, 12 avgust kuni esa Qashqadaryo viloyatida test sinovlari yakunlandi.

Kecha, 13 avgust kuni, Farg‘ona, Jizzax va Navoiy viloyatlarida ham test sinovlarining oxirgi kuni o‘tkazildi.

Bugun quyidagi 4 ta hududda test sinovlarining oxirgi kuni – Qoraqalpog‘iston, Andijon, Xorazm va Samarqand viloyatlari.

Test sinovlarining eng oxirgi kuni, ertaga – 15 avgustda Buxoro viloyatida bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlarining yakuniy javobi (kim kirgan, kim kirmagani) test sinovlarining oxirgi kuni o‘tkazilgan kundan boshlab 1 hafta ichida e’lon qilinadi. Demak, 22 avgustga qadar yakuniy test javoblari ma’lum bo‘ladi. Bunda javoblar aynan 22 avgustda emas, oldinroq chiqishi ham mumkin.

Kiritildi: 12:57 14.08.2019. O'qildi: 3586 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!