Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

"Tesla"ning kapitalizasiyasi 500 milliard dollardan oshdi

"Tesla"ning kapitalizasiyasi 500 milliard dollardan oshdi

AQShning elektromobillar ishlab chiqaruvchi Tesla kompaniyasining kapitalizasiyasi 24 noyabr kuni 500 milliard dollardan oshdi.

Bu haqda "Reuters" xabar qildi.

2020 yil boshidan beri "Tesla" aksiyalari narxi olti va undan ham ko‘p marta ko‘tarilgan.

"Tesla" aksiyalarining oxirgi o‘sishi 21 dekabrda kompaniyani "Dow Jones" indeksiga qo‘shish haqidagi qarordan keyin kuzatilgan. Ushbu qaror e’lon qilinganidan keyin "Tesla" qimmatli qog‘ozlarining narxi 28 foizga ko‘tarilgan.

"Tesla" aksiyalarining qiymati ko‘tarilishi natijasida kompaniya rahbari Ilon Maskning boyligi "Bloomberg Billionaires Index" (doimiy ravishda yangilanib turuvchi ro‘yxat) reytingi bo‘yicha 127,9 milliard dollarga yetgan. Ilon Mask "Tesla" aksiyalarining 21 foiziga egalik qiladi.

2020 yil boshida Mask "Bloomberg Billionaires Index"ning 35-o‘rnida qayd etilgan, endi esa "Microsoft" asoschisi Bill Geytsdan o‘zib ketib, ikkinchi pog‘onaga ko‘tarilgan, undan oldinda reytingni boshqarayotgan "Amazon" asoschisi Jeff Bezos bormoqda.

Kiritildi: 04:30 26.11.2020. O'qildi: 1290 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!