Bugun 2 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Telegramda “narkodo‘kon”lar keskin ko‘paydi

Telegramda “narkodo‘kon”lar keskin ko‘paydi

So‘nggi oylarda mamlakatda giyohvand moddalar savdosi faollashib, ularni tashish va tarqatish usullari yanada murakkablashgan. Narkotiklar hatto ayollar kiyimi, kosmetika va maishiy buyumlar ichida yashirib olib o‘tilmoqda.

Ayniqsa, Telegram orqali ishlaydigan yashirin “narkodo‘kon”lar soni keskin oshgan, ular elektron to‘lovlar va soxta akkauntlar orqali faoliyat yuritmoqda.

Oxirgi 5 yilda narkojinoyatlar 5 barobarga ko‘paygan. Musodara qilingan giyohvand moddalar 67% ga, sintetik moddalar esa 80% ga oshgan.

Mutaxassislar sintetik narkotiklarni mamlakat uchun eng katta xavf manbai sifatida qayd etmoqda — ular ayniqsa yoshlar salomatligiga katta tahdid solmoqda.

Bunga javoban tezkor tadbirlar, chegara nazorati va jazo choralari kuchaytirilmoqda.

Kiritildi: 13:58 01.12.2025. O'qildi: 326 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!