Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Telegram shtab-kvartirasini ko‘chirmoqchi

Telegram shtab-kvartirasini  ko‘chirmoqchi

Telegram messenjerining shtab-kvartirasi Shveysariyaga ko‘chiriladi. Bu haqda mahalliy “Handelszeitung” nashri o‘z manbalariga tayanib xabar bermoqda.

Kompaniya sekin-asta bosh ofisini Dubaydan Shveysariyaning Sug shahriga ko‘chirishni rejalashtirmoqda. Pavel Durov jamoasi allaqachon muzokaralarni boshlab yuborgan.

Yaqin kelajakda Telegram o‘z kriptovalyutasi emissiyasi uchun 1,7 mlrd dollar sarmoya jalb qila olgan edi. “Gram” nomi bilan chiqadigan bu kriptovalyuta hattoki Kremniy vodiysidagi investorlarning ham qiziqishini uyg‘ota olgan edi.

Shtab-kvartiraning ko‘chirilishi bu pullarning katta qismi Shveysariyaga kelishini anglatadi.

Kiritildi: 17:05 16.11.2019. O'qildi: 2541 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!