Bugun 14 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

“Telefoningizni o‘z mijozlarimga sotib beraman...”: firibgarga sud hukmi o‘qildi

“Telefoningizni o‘z mijozlarimga sotib beraman...”: firibgarga sud hukmi o‘qildi

Eng avvalo ta’kidlash joizki, firibgarlik uchun Jinoyat kodeksining 168-moddasida jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan bo‘lib, firibgarlik, ya’ni aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini yoki o‘zganing mulkiga bo‘lgan huquqni qo‘lga kiritishda ifodalanadi.

Sud amaliyotidan birgina misol keltirsak. Sudlangan Ilhom Sharipov (ism shariflar, joy nomlari shartli), o‘zganing mulkini aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan egallash maqsadida, Rishton tumanida joylashgan “Barf” nomli savdo do‘konga kelib, ushbu do‘kon sotuvchisi bo‘lib ishlovchi tanishi fuqaro Karim Xolmatov ishonchiga kirish maqsadida, go‘yoki sotuvdagi telefon apparatlari uchun xaridorlari mavjudligini, nasiyaga berib tursa, o‘zining xaridorlariga sotib, uch kun muddat ichida pullarini olib kelib berishini aytib, aldab, unga tegishli bo‘lgan, jami narxi 2.500 AQSh (bank ma’lumotiga ko‘ra, jami 31.257.775 so‘m) dollari miqdoridagi 13 turdagi turli-xil telefon apparatlarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, o‘zga shaxslarga sotib yuborib, pullarni o‘zining ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Bundan tashqari, sudlanuvchi I.Sharipov, takroran, o‘zganing mulkini aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan egallash maqsadida,
Rishton tumanida joylashgan “Barf” nomli savdo do‘konga kelib, ushbu do‘kon sotuvchisi bo‘lib ishlovchi tanishi fuqaro Karim Xolmatovni ishonchiga kirish maqsadida, go‘yoki sotuvdagi telefon apparatlari uchun xaridorlari mavjudligini, nasiyaga berib tursa, o‘zining xaridorlariga sotib, uch kun muddat ichida pullarini olib kelib berishini aytib, aldab, unga tegishli bo‘lgan, jami narxi 500 AQSh dollari miqdoridagi 2 turdagi turli-xil telefon apparatlarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, o‘zga shaxslarga sotib yuborib, pullarni o‘zining ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Sud, sudlanuvchining aybiga iqror bo‘lib bergan ko‘rsatuvini hamda jabrlanuvchilarning ularga yetkazilgan zararlar qoplanganligini bildirib, qonuniy yengillik so‘rab bergan ko‘rsatuvlarini,taraflarning muzokara nutqlari, sudlanuvchining oxirgi so‘zini tinglab, jinoyat ishi materiallarini har tomonlama, to‘la va xolisona tekshirib chiqib sudlanuvchi I.Sharipovni Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganganlikda aybli deb topib, qonun sanksiyasida ko‘rsatilgan jazoni tayinladi.

Nozimjon Ayubjonov,

jinoyat ishlari bo‘yicha Rishton tuman sudining sudyasi

Kiritildi: 14:59 01.10.2024. O'qildi: 1032 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!