Isroil umumiy xavfsizlik kuchlari va Gidonim 33 maxsus polisiya bo‘linmasi a’zolari Tel-Avivdagi Azrieli savdo markazida sodir etilishi rejalashtirilgan yirik teraktning oldini oldi va ISHID tomonidan yollangan besh nafar gumonlanuvchini qo‘lga oldi.
Bu haqda polisiya matbuot xizmati xabar berdi.
"Markaziy okrug polisiyasi, Gidonim 33 maxsus kuchlari jangarilari va Shin Bet kuchlari Tel-Avivdagi Azrieli savdo markazida ISHID bilan aloqador terrorchilik yacheykasini yaratgan Taybening besh nafar fuqarosi tomonidan rejalashtirilgan yirik teraktning oldini olishdi". — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, Isroil fuqarolari portlovchi moddalar bilan to‘ldirilgan mashina yordamida terakt uyushtirishni rejalashtirgan. Ularning qurollari musodara qilindi. Qayd etilishicha, qo‘lga olinganlardan ikki nafari “Islomiy davlat” mafkurasiga amal qilgan va jangovar hududga borishni, shuningdek, terrorchilarning xorijlik vakillari bilan aloqada bo‘lishni rejalashtirgan.
Tekshiruv natijasida aniqlanishicha, guruh a’zolari Suriyadagi teraktlar aks etgan videolarni tomosha qilgan va savdo markazi joylashgan minoralarni portlatish uchun zarur bo‘lgan portlovchi moddalar miqdorini muhokama qilgan.