Tbilisida 29-30 noyabr kunlari bo‘lib o‘tgan namoyishlarda 107 kishi hibsga olindi.
Bu haqda Gruziya Ichki ishlar vazirligi xabar bermoqda.
Departament bayonotida aytilishicha, Rustaveli prospektidagi mitingda namoyishchilar polisiyaga qarata turli xil buyumlar, toshlar, pirotexnika vositalari, shisha butilkalar va metall buyumlar uloqtirgan.
Aksiya natijasida 10 nafar polisiyachi tan jarohati oldi.