Maxsus kuchlar Tbilisidagi namoyishchilarga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va suv purkagichlardan foydalanyapti.
Ayrim namoyishchilar Rustaveli xiyobonida qolmoqda. Namoyishchilar va xavfsizlik kuchlari o‘rtasidagi to‘qnashuvlar davom etmoqda. Har ikki tomondan jarohatlanganlar bor.
Gruziya prezidenti Salome Zurabishvili polisiyaga murojaat qilib, norozilik namoyishlarida fuqarolarga nisbatan kuch ishlatmaslikka chaqirdi.