Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Ta’ziya! O‘zbekiston tibbiyoti og‘ir judolikka uchradi

Ta’ziya! O‘zbekiston tibbiyoti og‘ir judolikka uchradi

Sog‘liqni saqlash va tibbiyot sohasi og‘ir judolikka uchradi. Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Mirhakim Azizov vafot etdi. Bu haqda SSV matbuot kotibi xabar berdi.

M.Azizov yaqinda Prezidentimiz farmoniga asosan “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangandi.

Mirhakim Azizov 1974 yilda Andijon davlat tibbiyot institutini tamomlagan. 1982-1984 yillarda Moskvada Markaziy travmatologiya va ordinariya institutida tahsil olgan. 1987 yilda kandidatlik dissertasiyasini yoqlagan. 1995 yilda esa doktorlik dissertasiyasini himoya qilgan. 

Mirhakim Azizov joriy yilda Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga asosan “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangandi.

"ANIQ.UZ" tahririyati marhumning oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildiradi.

Kiritildi: 10:11 05.12.2019. O'qildi: 5491 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!