Bugun 18 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Ta’ziya! Diplomat Mirsobit Ochilov olamdan o‘tdi

Ta’ziya! Diplomat Mirsobit Ochilov olamdan o‘tdi

Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi Yaponiya bilan hamkorlik ishlari bo‘yicha vazir maslahatchisi Mirsobit Ochilovning bevaqt olamdan o‘tgani haqida xabar berdi.

Ilgari Yaponiyadagi elchixona rahbari, «Chiqayotgan Quyosh, Oltin va Kumush Yulduz» imperator ordeni sohibi Mirsobit Ochilov 2 iyulda vafot etgan.

Mirsobit Ochilov 1999 yil Oliy Majlis II chaqirig‘ida deputat etib saylangan.

«Ustoz shonli hayot kechirdilar. 1999 yilda parlament saylovlarida tanlangan, O‘zbekiston Respublikasi II chaqiriq Oliy Majlisining deputati, professor, iqtisod fanlari doktori, Bank-moliya akademiyasining birinchi rektori, 1-darajali Favqulodda va Muxtor elchisi, 2001−2009 yillarda O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchisi, Mirsobit Fozilovich barcha jabhalarda o‘rnak bo‘lganlar», — deb yozadi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.

Vazirlik jamoasi marhumning oilasi va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirishdi.

Kiritildi: 12:01 03.07.2020. O'qildi: 3229 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!