Fuqarolik ishlari bo‘yicha Chimboy tumanlararo sudining ijro hujjatiga asosan asossiz ravishda ishdan bo‘shatilgan, da’vogar P.G.ni Taxtako‘pir tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 7-sonli davlat maktabgacha ta’lim bo‘limiining “tarbiyachi”si lavozimida ishga tiklash belgilangan.
Shunga qaramasdan, javobgar Taxtako‘pir tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 7-sonli davlat maktabgacha ta’lim bo‘limi tomonidan ushbu sud qarori ijrosi ta’minlanmagan.
Shu sababli, da’vogar Maburiy ijro byurosi Taxtako‘pir tumani bo‘limiga sud qarori ijrosini ta’minlab berishni so‘rab murojaat qilishga majbur bo‘lgan.
Byuroning Taxtako‘pir tumani bo‘limi tomonidan darhol ijro harakatlariga kirishilib, javobgar tashkilot rahbariga sud qarori ijrosini ta’minlamaslik qonunda belgilangan javobgarlikga asos bo‘lishi haqida ogohlantirish berilgan.
Shuning natijasida, da’vogar P.G Taxtako‘pir tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘ining buyrug‘iga asosan o‘zining avvalgi ish o‘rniga joriy yilning 15-sentyabr kuni qayta ishga tiklangan.