Bugun 19 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Tatyana Karimova o‘zi haqidagi xavotirli xabarlardan so‘ng zudlik bilan ko‘rinish berdi (foto)

A A A
Tatyana Karimova o‘zi haqidagi xavotirli xabarlardan so‘ng zudlik bilan ko‘rinish berdi (foto)

Xabaringiz bor, joriy yilning 27 may kuni O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning turmush o‘rtog‘i Tatyana Akbarovna Karimovaning vafot etgani haqida ijtimoiy tarmoqlar va xalqaro saytlarda xabarlar tarqatilgan edi. Ko‘p o‘tmay bu ma’lumot yolg‘on bo‘lib chiqdi.
Oradan 13 kun o‘tib, ya’ni 9 iyundan 10 iyunga o‘tar kechasi yana mazkur shum xabar bolaladi. Xabar o‘z tasdig‘ini topmadi. 
Ko‘plab shov-shuvlardan so‘ng, Tatyana Akbarovna Karimova bugun, 10 iyun kuni sog‘ salomatligini ifodalash maqsadida ko‘rinish berdi.

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning turmush o‘rtog‘i Tatyana Akbarovna Karimova bugun, 10 iyun kuni Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondining chet elda ta’lim olish grantlari stipendiatlari – Muzaffar Maksumov, Aleksandra Kim, Gulyuzbonu Ro‘ziboyeva va Stefaniya Abbosovalar bilan O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan ko‘rgazmada uchrashdi.
 

O‘z so‘zlarida Tatyana Akbarovna yoshlarga ilg‘or chet el o‘quv maskanlaridagi o‘qishlarida omad, egallagan bilimlarini Vatanimiz ravnaqi yo‘lida qo‘llashlarini tiladi.
 

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi bir yarim yil ichida o‘zbekistonlik 23 nafar yigit-qizlar Karimov Fondining tahsil grantlarini qo‘lga kiritib, magistratura dasturi bo‘yicha Yevropaning yetakchi oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Manba: qalampir.uz

Kiritildi: 18:42 10.06.2018. O'qildi: 3368 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!