Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

«Tashkent Termal mineral suvlari» sanatoriysi: qulayligi, afzalligi va qoidalari (FOTOGALEREYa)

«Tashkent Termal mineral suvlari» sanatoriysi: qulayligi, afzalligi va qoidalari (FOTOGALEREYa)

«Tashkent Termal mineral suvlari» sanatoriysi dengiz sathidan 540 metr balandlikda Toshkent viloyatining Toshkent mineral suvlari qishlog‘ida joylashgan. Sanatoriy 10 gektar maydonda joylashgan bo‘lib, atrofi turli xil manzarali daraxtlar, archa, oq qayin, shifobaxsh daraxt va dorivor o‘tlar bilan burkangan. Binolar ichida qishki manzarali bog‘lar tashkil qilingan. Sanatoriy bir vaqtning o‘zida 255 nafar dam oluvchini qabul kilish imkoniyatiga ega bo‘lib, xonalar standart bir, ikki kishilik, lyuks hamda 11 ta oilaviy kottejlardan iborat. Yotoqxonalar eng zamonaviy, jahon standartlari asosida jihozlangan bo‘lib, kunlik sanitar-gigiyenik vositalar bilan to‘ldirilgan.

Sanatoriy hududida ma’muriyat, restoran, ochiq va yopiq suv havzalari, turk, rus, fin saunalari, tuz g‘ori, kinoteatr, amfiteatr, aloe va qayiq shaklida qurilgan favvoralar, mehmonlar uchun kafe, xodimlar uchun turar joy hamda ovqatlanish majmuasi, avtoturargoh joylashgan.

Sanatoriyning asosiy davolash omili 1300 metr chuqurlikdan chiqqan gipertermal ( 49-52S), tarkibi natriy, xlor, gidrokorbonat, kremniy va boshqa mineral tuzlarga to‘yingan shifobaxsh termal mineral buloqdir. Ushbu mineral suvlar oshqozon-ichak tizimi kasalliklarini davolashda, asosan, surunkali gastritlar, oshqozon yarasi, qabziyat, oshqozon osti bezi kasalliklarida kuniga 3 mahal 200 grammdan iste’mol qilinadi.

Mazkur sanatoriy ko‘p tarmoqli tibbiy muassasa hisoblanib, unda eng yuqori malakali shifokorlar – kardiolog, gastroenterolog, endokrinolog, ginekolog, urolog, nevropatolog, UTT, fizioterapevt shifokorlar faoliyat yuritadilar. Ular yordamida davolanuvchilar funksional tashxislar (UTT, EKG, Spirografiya) va laborator tekshiruvlari (klinik, bioximik, IFA)dan o‘tkazilib, tashxislanadi va fiziomuolajalar tavsiya etiladi. Dam oluvchilarni sog‘lomlashtirish maqsadida sanatoriyda mavjud bo‘lgan barcha imkoniyatlardan keng foydalanib, o‘z vaqtida davolash ishlari amalga oshiriladi.

Sanatoriyda davolanuvchilarga yurak-qon tomir, asab, oshqozon-ichak kasalliklari, endokrin, ginekologik, urologik kasalliklarni davolash, shuningdek, respublikamizda hozirgi kunda barchani tashvishga solib kelayotgan koronavirus infeksiyasini o‘tkazgandan keyin sog‘lomlashtirish muolajalari ham olib boriladi. Bunda davolanuvchilarga maxsus dastur asosida ishlab chiqilgan davo muolajalari, jumladan, zamonaviy barokamerada oksigenoterapiya muolajalari, tuzli g‘or, koronavirus infeksiyasini davolash davrida qabul qilingan intensiv antibiotikaterapiyadan so‘ng oshqozon-ichak, jigar tizimini tiklash, o‘pka tizimini drenaj qiluvchi davoli uqalash muolajalari, ozonaterapiya, ingalyasiya, fizioterapiya, lazeroterapiya, suv osti uqalash muolajalari, shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishdan tashqari shifokor ko‘rsatmasiga asosan individual yondashgan holda bemorning o‘zi bilan olib kelgan dori-darmonlar hisobiga in’eksion dori-darmonli muolajalar qilinadi.

Sanatoriyning davolash bo‘limi zamon talabiga ko‘ra yuqori texnologik tashxislash hamda Yevropa davlatlaridan olib kelingan va Angliya texnologiyalari asosida yaratilgan davolash fizioterapiya tibbiy uskunalar bilan jihozlangan.

Shuningdek, sanatoriyda davolanuvchilar uchun barcha sanitariya talablariga to‘liq javob beruvchi faqat bir marotaba ishlatiladigan tibbiy anjomlardan foydalangan holda oshkozon-ichaklarni duodenal zondlash bilan yuvish muolajalari, dorivor giyohlardan tayyorlangan fitodamlamalar, balneoterapiya-shifobaxsh mineralli zamonaviy «Ladoga» vannalari, suv osti uqalash va marvaridli muolaja uchun «Golfstrim» vannalari, suv muolajalari uchun «Vuoksa – Ekstra» majmuasi (sirkulyar, vosxodyashiy, nisxodyashiy dushlar, dush Sharko), 4 kamerali «Istra-4K» va «Onega» o‘tirish vannalari, mineral suv ostida umurtqani tortish «Atlanta» uskunasi, ichaklarni mineral suv bilan yuvish (kolongidromat) uskunalari yordamida muolajalar qabul qilishlari uchun alohida vanna bo‘limi mavjud. Suyak – bo‘g‘in kasalliklari, artroz, osteoxondroz, radikulit kasalliklarini davolash uchun parafin – ozokerit muolajalari, Ozarbayjon davlatida mashhur bo‘lgan «Naftovit» suvli va shifobaxsh balchiq muolajalari uchun mo‘ljallangan «Komfort plyus» kushetkalarida shifobaxsh balchik bilan applikasion usuli, ya’ni tanaga surtish (balchikli vanna), ayollar ginekologik hamda erkaklar urologik kasalliklarida balchiqli tamponlar kuyish usullari hamda kosmetologiyada yuz va tana sohalariga maska usulidan foydalanish yo‘lga qo‘yildi.

Davolash bo‘limida erkaklar sartaroshxonasi va sanatoriyga davolanish uchun kelgan ayollar uchun kosmetologiya xonasi tashkil qilingan. Har bir ayol malakali ko‘p yillik tajribaga ega kosmetolog-dermatolog shifokor tomonidan yuz va terilarni go‘zallashtirish uchun kosmetologiya muolajalarini davolanish jarayonida bemalol qabul qilishlari mumkin bo‘ladi. Mohir mutaxassislar tomonidan (bir vaqtning o‘zida 16 bemorga mo‘ljallangan) uqalash muolajalari qilinadi.

Sanatoriyda fizioterapiya, balneoterapiya, suv bilan davolash usullari bilan birga har bir davolanuvchining tashxisi va jismoniy holati inobatga olingan holda tuzilgan guruhlarda davolash jismoniy mashg‘ulotlar, «yoga» mashg‘ulotlari, o‘pka-nafas gimnastikalari, ochiq havoda terrenkur, skandinavcha yurish, velosipedlarda yurish, aerogimnastika, quyoshli vannalar qabul qilish, yopiq va ochiq suv havzalarida suzish, turk, fin saunalaridan, trenajyorlardan foydalanish kabi muolajalar olib boriladi. Ushbu mashg‘ulotlar inson organizmini chiniqtirish, immun tizimini oshirish, sog‘lomlashtirish, kasallikni oldini olish maqsadida tashkil qilingan.

Sanatoriy restorani bir vaqtning o‘zida 255 ta dam oluvchilarni qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lib, ovqatlanish «shved stoli» uslubida yo‘lga qo‘yilgan. Shved stolida qo‘y, mol, tovuq, baliq, quyon, kurka go‘shtidan tayyorlangan o‘zbek, uyg‘ur, rus, xitoy va yevropa davlatlariga mansub taomlar, salatlar, qandolat mahsulotlari, quruq va ho‘l mevalar, sharbatlar, poliz mahsulotlari bilan birga 9,10,15 stollar uchun parhez ovqatlanish, qand kasalliklari uchun turli mahsulotlar bilan to‘ldirilgan burchak, dam oluvchi talabi asosida quymoq «Omlet» tayyorlash moslamasi bilan jihozlangan. Yoz faslida ovqatlanish sanatoriyning manzarali joyidagi yozgi restoranda «Piknik» uslubida tashkil etiladi.

Dam oluvchilarga madaniy hordiq chiqarishni yo‘lga qo‘yish maqsadida sanatoriy kinoteatri va yozgi amfiteatrda elga tanilgan san’atkorlar, kulgi ustalari, davlat arboblari, ilm-fan namoyandalari bilan konsertlar, kechalar, kinofilmlar namoyish etiladi. Kattalar uchun bilyard, tennis stoli, shaxmat-shashka, narda, bolalar uchun uyingoh va pleysteyshenlar tashkil etilgan. Dam oluvchilarga servis xizmatni kuchaytirish maqsadida hududda harakatlanishlari uchun elektromobil xizmatlari yo‘lga qo‘yilgan.

Sanatoriyga kelgan chet el fuqarolari haftada bir marta Toshkentning diqqatga sazovor joylariga ekskursiyalarga olib boriladi.

«Tashkent Termal mineral suvlari» sanatoriysi: qulayligi, afzalligi va qoidalari (FOTOGALEREYa)«Tashkent Termal mineral suvlari» sanatoriysi: qulayligi, afzalligi va qoidalari (FOTOGALEREYa)«Tashkent Termal mineral suvlari» sanatoriysi: qulayligi, afzalligi va qoidalari (FOTOGALEREYa)«Tashkent Termal mineral suvlari» sanatoriysi: qulayligi, afzalligi va qoidalari (FOTOGALEREYa)«Tashkent Termal mineral suvlari» sanatoriysi: qulayligi, afzalligi va qoidalari (FOTOGALEREYa)«Tashkent Termal mineral suvlari» sanatoriysi: qulayligi, afzalligi va qoidalari (FOTOGALEREYa)«Tashkent Termal mineral suvlari» sanatoriysi: qulayligi, afzalligi va qoidalari (FOTOGALEREYa)«Tashkent Termal mineral suvlari» sanatoriysi: qulayligi, afzalligi va qoidalari (FOTOGALEREYa)«Tashkent Termal mineral suvlari» sanatoriysi: qulayligi, afzalligi va qoidalari (FOTOGALEREYa)«Tashkent Termal mineral suvlari» sanatoriysi: qulayligi, afzalligi va qoidalari (FOTOGALEREYa)

Sanatoriyga joylashtirish talablari

– Dam oluvchining sanatoriyda davolanish istagiga binoan joylar xonalar turiga (standart, lyuks) va davolash kunlarining umumiy narxining 25% to‘lovi amalga oshirilganda bronga qo‘yiladi;

– sanatoriyga Toshkent shahrida joylashgan ofisda 100% to‘lov amalga oshirilganda berilgan yo‘llanma bilan qabul qilinadi. Agar dam oluvchi biror sababga ko‘ra dam olishga kela olmasa, bora olmasligi haqida 5 kun oldin xabar bermasa bron uchun olingan 25% to‘lov jarima tariqasida qaytarilmaydi;

– yo‘llanma uchun to‘lovlar naqd pul, pul o‘tkazish, plastik karta orqali amalga oshiriladi, chet el va O‘zbekiston fuqarolari uchun to‘lov narxi o‘zgarmaydi;

– sanatoriyga kirish vaqti – 12.00;

– sanatoriydan chiqish vakti –10.00;

– sanatoriy ro‘yxatxonasiga dam oluvchi pasport, yo‘llanma, surunkali kasallik bilan xastalangan bemorlar turar joy poliklinikasi uchastka shifokori tomonidan to‘ldirilgan sanator-kurort karta, kovid kasalligi bilan davolangan bemorlar kasalxona tomonidan berilgan xulosa hamda oilaviy juftliklar nikoh guvohnomasi va birga kelgan farzandlarning tug‘ilganlik guvohnomalarini taqdim etishlari talab qilinadi;

– joylashtirish vaqtida sanatoriy ro‘yxatxona xodimlari tomonidan dam oluvchi ichki tartib bilan tanishtirilib imzolanadi, tartibga rioya qilishi, tartib buzilgan holda jarima to‘lashi haqida ogohlantiriladi.

Kiritildi: 13:55 13.06.2022. O'qildi: 5590 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!