Bugun 19 mart, 2024 yil, seshanba

КИР

Tashkent City’dagi olti ko‘chaga berilishi kutilayotgan nomlar ma’lum bo‘ldi

Tashkent City’dagi olti ko‘chaga berilishi kutilayotgan nomlar ma’lum bo‘ldi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Toshkent shahar hokimining «Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazi hududidagi yangi ko‘chalarga nom berish to‘g‘risida»gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Undan ma’lum bo‘lishicha, poytaxt hokimligi 15 oktyabr kuni xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashiga Tashkent City hududidagi oltita yangi, nomsiz ko‘chalarga nom berish bo‘yicha taklif kiritgan. Hokimlik taklifiga ko‘ra, ko‘chalarga quyidagicha nom berish ko‘zda tutilgan:

  • 1-nomsiz yangi ko‘cha — Yangi Toshkent ko‘chasi;
  • 2-nomsiz yangi ko‘cha — Yangi Toshkent tor ko‘chasi;
  • 3-nomsiz yangi ko‘cha — O‘qchi ko‘chasi;
  • 4-nomsiz yangi ko‘cha — Zargar ko‘chasi;
  • 5-nomsiz yangi ko‘cha — Xadra ko‘chasi;
  • 6-nomsiz yangi ko‘cha — Xadra tor ko‘chasi.

Portalda e’lon qilingan hokimi qarori loyihasi bo‘yicha muhokama 2 noyabrga qadar davom etadi. Ushbu qaror matni shu ko‘rinishda qabul qilinishi, o‘zgartirilishi yoki rad etilishi mumkin.

Kiritildi: 06:48 20.10.2019. O'qildi: 3415 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!