Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Taroveh namozini o‘z mahallasidan boshqa yerdagi masjidlarga borib o‘qish mumkinmi? (video)

Taroveh namozini o‘z mahallasidan boshqa yerdagi masjidlarga borib o‘qish mumkinmi? (video)

Ko‘ngli nozik xalqmiz. Ba’zida kimdandir xafa bo‘lib, ana shu odamni ko‘rmaslik uchun ko‘chani aylanib o‘tamiz. Uyimiz yonidagi masjid imomining ovozi yoqmadi, deya uzoqdagi masjidga bo‘lsada borishga vaqt topamiz. To‘g‘ri, bunday holat har doim va hamma vaqt ham bo‘lavermaydi. Ammo, ana shunday vaziyatlar bo‘lib turishi, bor gap.

Muqaddas Ramazon kunlarida ham taroveh namozini o‘qish uchun qo‘shni mahallaga qatnab yurganlar ham yo‘q emas. O‘zimizni ana shunday tutishimiz to‘g‘rimi? 

Bu boradagi fikrlar va qarashlarga aniqlik kiritish maqsadida Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, «Xo‘ja Alambardor» masjidi imom-xatibi Odilxon qori Yunusxon o‘g‘liga murojaat qildik. 

– "Durrul muxtor"da har bir mahalla ahlining zimmasida mahalla masjidining haqqi bo‘lib, uning haqqi ado qilinishi lozim, deyilgan, –deydi Odilxon qori.– Shunga binoan, tarovehni boshqa masjidga borib o‘qigandan ko‘ra o‘z masjidida o‘qish afzal. Lekin mahalla masjidi imomining qiroati namozga yaroqsiz bo‘lsa va mahalla masjidida Qur’on xatm qilinmay, boshqa masjidda xatm qilinayotgan bo‘lsa, mahalla masjididan boshqa masjidga borish joiz. 

Odilxon qori bizga ro‘zaning fidyasini kimlarga va qanday tartibda berish, ro‘zador taom tayyorlasa ro‘za qaysi holatda ochilishi haqida ham so‘zlab berdilar.

–Ayollar ovqat qilmasdan iloji yo‘q, shunday ekan tutunga ham ro‘baro‘ bo‘ladilar. Qasddan hidlamasa bo‘ldi. Ammo “O‘z amali bilan ichiga tutun kiritsa” ya’ni isiriq hidlash va og‘iz-burnini par-tutunga tutish kabilar ro‘zani buzadigan amallar hisoblanadi.

Shuningdek, ro‘zador ayol iftorlikka qilinayotgan ovqatni tuzini bilish uchun tilini tekkazib ko‘rsa, ro‘zasi buzilmaydi. Ro‘zaning fidyasiga kelsak, miskinlarga, faqirlarga, beva-bechoralarga, nochorlarga, zakotga qodir bo‘lmaganlarga beriladi.

Odilxon qori Yunusxon o‘g‘lining batafsil javobi videoda jamlangan bo‘lib, u bilan to‘liq tanishish imkoniga egasiz.

Saytimizni kuzatib boring. Kadr kechasi qachon, uni qaysi kunda uchratishimiz haqida batafsil izoh beramiz.

Kiritildi: 15:38 23.05.2019. O'qildi: 2648 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!