Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Tarixdagi eng muvaffaqiyatsiz suiqasdlar

Tarixdagi eng muvaffaqiyatsiz suiqasdlar

Odatda, siyosatchilar, biznesmenlar, diniy rahnamolar hayotiga suiqasd qilishadi. Ularning ayrimlari fojia bilan tugaydi, ammo ba’zi hollarda jinoyatchilar ishini oxiriga yetkazolmaydi. Quyida ana shu kabi mashhur jinoyatlar nega amalga oshmay qolgani haqida bilib olasiz.

* Rober-Fransua Damyen 1757 yilda Fransiya qiroli Lyudovik XV ni o‘ldirishga uringan. 5 yanvar kuni monarx Trianondagi saroyidan chiqayotganida, jinoyatchi unga hujum qilgan va pichoq bilan jarohatlamoqchi bo‘lgan. Ammo tig‘ kiyimni yirtolmagan. Jinoyatchi qilgan ishiga pushaymon bo‘lgan bo‘lsa-da, baribir, o‘limga mahkum etilgan.

 * Joniga suiqasd qilinishi bo‘yicha fransuz davlat arbobi va harbiy Sharl de Goll rekordchi desak bo‘ladi. Uning hayotiga jami 32 marta suiqasd uyushtirilgan. Ilk bor undan qutulishga urinish 1961 yil 8 sentyabrda amalga oshirilgan edi. Uni “Sirli Armiya Tashkiloti” uyushtirgandi. Bir safar SAT a’zolari siyosatchining mashinasiga 140 marta o‘q uzgan. Ammo uni o‘ldirishga erisholmaganlar.

* Muvaffaqiyatsizlik sababi, ko‘pincha, o‘q otilmay qolgan bo‘lishi mumkin. Shu tufayli Endryu Jekson tirik qolgan – u joniga suiqasd uyushtirilgan ilk AQSh prezidenti edi. 1835 yilning 30 yanvarida Kapitoliy binosida uning yoniga bo‘yoqchi Richard Lourens keladi. U ikki marta davlat rahbariga o‘q uzishga urinadi, lekin pistolet ishlamaydi. Jinoyatchi voqea joyida ushlanadi. 1975 yilning 5 sentyabrida esa boshqa bir Amerika prezidenti — Jerald Fordni otishga urinish bo‘lgan. Terrorist uni Sakramentoda o‘ldirmoqchi bo‘lgan, ammo qurol ishlamay qolgan.

* Viktor Ilin Leonid Brejnevning hayotiga suiqasd qilishda qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi. 1969 yilning 22 yanvarida KPSS MQ bosh kotibi Kremldagi kosmonavtlar uchrashuviga bag‘ishlangan tantanali kechaga kortejda ketishi kerak edi. Ofiser siyosatchini otishni rejalashtirgandi, ammo avtomobil o‘z yo‘lini o‘zgartirganini bilmagandi. Natijada, u ichida kosmonavtlar bo‘lgan avtomobilga o‘q uzadi. Haydovchi halok bo‘ladi, qo‘riqchilar yaralanadi. Boshqa hech kimga zarar yetmaydi.

* Kichik Jorj Bush 2005 yil 10 mayda Tbilisidagi Mustaqillik maydonida chiqish qilganida uning hayotini tasodif qutqarib qoldi. Oliy darajali mehmon tarafga Gruziya fuqarosi bomba tashlaydi, ammo u portlamaydi. Ma’lum bo‘lishicha, bombani yashirish uchun o‘ralgan ro‘molcha uning portlashiga xalal bergan.

Kiritildi: 19:23 16.11.2019. O'qildi: 4318 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!