Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Tarixda bugun: Falastindagi “Ibrohim” masjidida qirg‘in bo‘ldi

Tarixda bugun: Falastindagi “Ibrohim” masjidida qirg‘in bo‘ldi

1994 yilning 25 fevral, juma kuni Falastinning Al-Xalil shahridagi “Ibrohim” masjidida qirg‘in sodir bo‘ldi: terrorchi yahudiy bomdod namozini o‘qiyotganlarga qarata o‘q ochdi.  

Hodisa paytida masjidda taxminan 800 kishi bo‘lgan, ulardan 29 nafari halok bo‘ldi, kamida 150 nafari yaralandi. O‘ldirilganlar orasida 12-13 yashar bolalar ham bor edi. 

Teraktni asli amerikalik yahudiy, 37 yoshli harbiy vrach Barux Goldshteyn amalga oshirgan edi. Hujum paytida u harbiy kiyimda bo‘lgan, shuning uchun ham masjidga to‘siqsiz kira olgan.

Terrorchi olomon tomonidan qurolsizlantirildi va kaltaklab o‘ldirildi.

Mazkur hodisa tartibsizliklar va to‘qnashuvlarga turtki berdi. Shaharda  komendantlik soati joriy etildi, qizig‘i, u faqat falastinliklar uchun amal qildi. 

Barux Goldshteyn izzat-ikrom bilan dafn etilgan. Uning qabr toshiga “O‘z jonini Tavrot, yahudiylar va Isroil uchun fido qilgan avliyo Barux Goldshteyn” deb yozilgan. 

Manba: azon. uz

Kiritildi: 05:30 26.02.2020. O'qildi: 3956 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!