Bugun 23 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Tarixda birinchi marta Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi o‘yinlari o‘tkaziladi

Tarixda birinchi marta Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi o‘yinlari o‘tkaziladi

Bugun Rossiya Federasiyasining Qozon shahrida I Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi o‘yinlarini o‘tkazish masalalariga bag‘ishlangan videokonferensiya o‘tkazildi.

Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi axborot xizmati xabar berdi. Unda vazirning birinchi o‘rinbosari Ravshan Ermatov hamda vazirlik vakillari qatnashdi.

Hozirda butun dunyoda koronavirus pandemiyasi sababli sport o‘yinlarini o‘tkazishda muammolar tug‘ilmoqda. Rossiya Federasiyasidagi mavjud sanitariya-epidemiologik vaziyat tufayli ayni paytda ilk marotaba tashkil etilayotgan sport o‘yinlarini 2020 yil 4 sentyabrdan 11 sentyabrgacha o‘tkazish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda.

Videokonferensiyada sport o‘yinlarini o‘tkazish tartibi, xavfsizlik choralari, tibbiy yordam ko‘rsatish masalalari muhokama etildi.

Ta’kidlash joiz, I Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi o‘yinlarida sportning 22 turi bo‘yicha bellashuvlar o‘tkaziladi. Boks, sohil voleyboli, stol tennisi, badiiy gimnastika, suv polosi shular jumlasidan. Sportchilar bellashuvlarda 284 ta medallar jamlanmasi uchun kurash olib borishadi.

Kiritildi: 22:25 06.07.2020. O'qildi: 3835 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!