Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Taniqli san’atkor tug‘ilmagan farzandining qotiliga aylandi

Taniqli san’atkor tug‘ilmagan farzandining qotiliga aylandi

”Yaqinda taniqli qo‘shiqchining sobiq sevgilisi farzandi tushganligi haqida ma’lum qildi.

Tatyana Gudzevaning jurnalistlarga aytishicha, bunga Proxor Shalyapinning kanadalik millioner ayol bilan qilgan ko‘plab xiyonatlari sabab bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, anchadan buyon ishqiy munosabatlarda bo‘lgan bu juftlik allaqachon bir farzandning ota-onasiga aylanishga ulgurgan.

Ammo san’atkor  farzandini tan olmagan. Tatyana Gudzeva esa hali ham Proxorning haqiqiy erkaklar kabi o‘z bolasi uchun javobgarlikni his qilib, unga familiyasini berishidan umidvor.

Qayd etilishicha, Proxor Shalyapin sobiq sevgilisiga birinchi farzandini dunyoga keltirishi uchun ikki million rubl berishga va’da bergan, ammo oxir-oqibat o‘z so‘zida turmagan.

Tatyana Gudzevaning jurnalistlarga aytishicha, qo‘shiqchi u bilan 40 yoshli Tatyana Devis bilan yashagan paytlarida ham uchrashishni davom ettirgan.

Shundan so‘ng ikkinchi bor ona bo‘lish arafasida ekanligini bilgan Tatyana Proxordan uning oldiga kelishini va va’dasining ustidan chiqishini so‘ragan. Ammo qo‘shiqchi buning aksini qilib, u bilan munosabatlarni butunlay uzgan.

Natijada stress va depressiyaga tushgan Tatyana dunyoga kelishga ulgurmagan farzandidan ayrilgan.

Kiritildi: 04:00 08.07.2020. O'qildi: 9364 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!