Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Taniqli san’atkor eri bilan ajrashishi tufayli ovozini yo‘qotdi

Taniqli san’atkor eri bilan ajrashishi tufayli ovozini yo‘qotdi

Rossiyalik qo‘shiqchi Pelageya xokkeychi Ivan Telegin bilan ajrashganidan keyin ovozini yo‘qotdi. Bu haqda StarHit xabar bermoqda.

Aktrisani ko‘p yillar davomida davolagan Lev Rudin uning eridan ajralishi fonida stressni boshdan kechirganini aytdi. "Endi Pelageya ancha yaxshilandi, ovozi qaytyapti, ammo u bizning nazoratimiz ostida tiklanish jarayonlarini davom ettirmoqda", – deb tushuntirdi shifokor.

"Golos" shoularida yulduz bilan ishlagan ma’murlardan birining so‘zlariga ko‘ra, Pelageyaning sog‘lig‘iga nafaqat sobiq eri bilan sud jarayoni, balki ularning ajrashishlari haqida nashrlarning noto‘g‘ri ma’lumotlari ham ta’sir ko‘rsatgan. Xonandani go‘yo nikohni hasadgo‘ylik bilan buzganlikda, shuningdek sobiq turmush o‘rtog‘idan 1,5 million rubl talab qilmoqchi bo‘lganlikda ayblashdi.

Qo‘shiqchi 2016 yilda Telegin bilan turmush qurgan. Bir yil o‘tgach, er-xotinning Taisiya ismli qizi tug‘ilgan. Bungacha 2010 yildan 2012 yilgacha Pelageya Comedy Woman rejissyori Dmitriy Yefimovich bilan yashagan edi.

Pelageya Telegin bilan 2019 yil 26 dekabrda ajrashdi. Xonanda internetda paydo bo‘lgan g‘iybat va mish-mishlar sababli rasmiy bayonot berishga qaror qilganini aytdi.

Kiritildi: 17:58 05.07.2020. O'qildi: 4614 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!