Bugun 23 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Taniqli aktyor Lukashenkoga: "Janob suvarak, agar bas qilmasangiz, ta’ziringizni beraman"

Taniqli aktyor Lukashenkoga: "Janob suvarak, agar bas qilmasangiz, ta’ziringizni beraman"

Amerikalik aktyor Chak Norris Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoga uni yig‘latishga va’da berdi.

"Bilasizmi, men piyozni kesganimda u yig‘laydi. Agar siz hozir qilayotgan ishingizni to‘xtatmasangiz, men sizning qarorgohingizga kelib, ko‘z yosh to‘kishingizga majbur qilaman», — dedi aktyor.

Shu bilan birga, Norris Lukashenkoga "Sasha nol foiz" va "janob suvarak" deb laqab qo‘ydi.

Eslatib o‘tamiz, Belarusda norozilik namoyishlari davom etmoqda. Yuzlab odamlar jabrlandi, qurbonlar bor. Namoyishchilar 9 avgust kuni bo‘lib o‘tadigan prezident saylovlari natijalarini qayta ko‘rib chiqishni talab qilmoqdalar. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Lukashenko 80 foiz ovoz to‘plagan, uning muxolifatdagi raqibi Svetlana Tixanovskaya esa 10 foiz ovoz olgan. Biroq guvohlar va kuzatuvchilar bu borada firibgarlikka yo‘l qo‘yilgani haqida xabar berishdi.

Kiritildi: 18:32 15.08.2020. O'qildi: 4051 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!