Bugun 16 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Taniqli aktrisa Shodiya Abduqodirova nega kinolarda ko‘rinmay qoldi?

Taniqli aktrisa Shodiya Abduqodirova nega kinolarda ko‘rinmay qoldi?

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Shodiya Abduqodirova (To‘xtayeva) oilali bo‘lgach, biroz ijoddan chekindi. U jurnalist Nargiza Murodova bilan bo‘lgan suhbatda uning sababini quyidagicha izohladi.

— Bolalarimga sarflamayotgan vaqtimni qizg‘anaman (kulib). Masalan, menga taklif etilgan rolni boshqa aktrisa kaminadan yaxshiroq ijro etishi mumkin. Chunki ijodda yagona emasman. Ammo farzandlarim uchun bir donaman, boshqa inson mening o‘rnimni bosolmaydi. Bola uchun eng yaxshi parvarish bu — e’tibor va mehr. Agar ular o‘z vaqtida bolaga berilsa, u ruhiy kemtiklik sezmay ulg‘ayadi. Bu bilan o‘ta mehribon onaman deyolmayman. Bag‘ri sovimasligi uchun mehr beraman, tarbiyasi izdan chiqmasligi uchun esa qattiqqo‘llik ham qilaman.

— Oilada har qanday vaziyat bo‘ladi, har holda oila qo‘rg‘oni tekis yo‘ldan iborat emas. Bunday vaziyatga tushishdan himoyalanish uchun ayollarga nimalarni maslahat bergan bo‘lardingiz?

— Ayol- u erkak, o‘z «meni»ini yengib «biz» deb qabul qilsa, bir butun yaxlitlikka erisholadi. Shu bilan birga o‘z «men»ini ham toptamagan holda birdamlikka erishish mumkin. Shunda oila mustahkam bo‘ladi. Keyin ayol kishi hech qachon bir yerda to‘xtab qolmasligi kerak. Yangiliklar qilishdan qo‘rqmasligi va farzandlarini ham ortidan ergashtira olishi kerak. Bir yerda to‘xtab qolgan ayollarni erkaklar ham xushlashmaydi. Shu bois har hafta nimanidir o‘rganish, hayotiga yangilik olib kirishga odatlanishi kerak.

— Farzandlaringizning ismlari, yoshlari va qiziqishlari haqida nimalar deyolasiz?

— Qizim Maryamxon badiiy gimnastikaga qiziqadi. Irodasi kuchli, sabr-toqatli qiz. Bir nechta musobaqalarda ishtirok etib, medallarni qo‘lga kiritdi. O‘g‘lim Ismoiljon esa 3 yosh bo‘lsa-da, xotirasi juda yaxshi. Qizimga suralarni yodlatayotganimda o‘g‘lim ham ularni o‘rganib oladi.

— Turmush o‘rtog‘ingiz nihoyatda rashkchi va qat’iyatli inson ekanligi rostmi?

- Haqiqatan qat’iyatli inson. Aslida, o‘zim shunday bo‘lishini orzu qilgandim. Fe’l-atvori borasida ham mendan kuchliroq. Turmushga chiqmasdan avval kelajakda juftimdan qo‘rqishni istardim. Boisi qaysarligimni yaxshi bilardim. Shukrki, niyatlarimga yetdim, turmush o‘rtog‘im bilan har bir masalada maslahatlashaman.

Kiritildi: 07:45 28.10.2020. O'qildi: 5614 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!