Bugun 12 noyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Talaba bo‘lganlar soni 2,2 barobarga oshgan: qizlar yetakchilik qilmoqda

Talaba bo‘lganlar soni 2,2 barobarga oshgan: qizlar yetakchilik qilmoqda

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2024/2025 o‘quv yilida oliy ta’lim tashkilotlariga 381,7 ming nafar talaba o‘qishga qabul qilingan.

Bu ko‘rsatkich 2020/2021 o‘quv yiliga nisbatan 2,2 barobarga oshgan.

Ularning 196,7 ming nafarini qiz bolalar, 185 ming nafarini o‘g‘il bolalar tashkil etgan.

Oliy ta’lim tashkilotlariga qabul qilingan talabalarning hududlar kesimida taqsimoti quyidagicha:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 18,6 ming;

Andijon viloyati – 12,5 ming;

Buxoro viloyati – 31,5 ming;

Jizzax viloyati – 6,3 ming;

Qashqadaryo viloyati – 28,8 ming;

Navoiy viloyati – 9,2 ming;

Namangan viloyati – 16,1 ming;

Samarqand viloyati – 21,2 ming;

Surxondaryo viloyati – 16,8 ming;

Sirdaryo viloyati – 5,3 ming;

Toshkent viloyati – 22,7 ming;

Farg‘ona viloyati – 20,7 ming;

Xorazm viloyati – 16,8 ming;

Toshkent shahri – 155,2 ming.

Kiritildi: Bugun 13:55. O'qildi: 173 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!