Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Tahlilchilar: “Neft narxi 30 dollarga tushishi mumkin”

Tahlilchilar: “Neft narxi 30 dollarga tushishi mumkin”

Tahlilchilar neft narxlari 2021 yilning birinchi choragida 30 dollarga tushishini taxmin qilmoqda.

Bu haqda "Izvestiya" gazetasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, neft narxi Yevropada va Qo‘shma Shtatlardagi lokdaunlar, shuningdek, Buyuk Britaniyada yangi xavfli koronavirus shtammining paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar tufayli tusha boshlagan.

“QBF”ning yetakchi tahlilchisi Oleg Bogdanovning fikriga ko‘ra, kelgusi yilning birinchi choragida jahon bozorlarida salbiy “ssenariy” rivojlanishi mumkin.

“Xavflar o‘sib boradi, aktivlar bozori pasayadi, shu jumladan, neft ham. Biz narxlar tezda barreli uchun yana 30-35 dollarga tushib ketishini taxmin qilmoqdamiz”, dedi u.

Kiritildi: 22:24 29.12.2020. O'qildi: 2859 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!