Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Tadbirkorning masalasiga bee’tibor qaragan hokim o‘rinbosari jazolandi

Tadbirkorning masalasiga bee’tibor qaragan hokim o‘rinbosari jazolandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanida faoliyat yurituvchi «Amu naslli chorva» nomli fermer xo‘jaligi rahbari chorvachilikni riovjlantirish uchun yer maydoni ajratilmayotganligidan norozi bo‘lib murojaat qilgan.

Biznes-ombudsman axborot xizmati ma’lum qilishicha, murojaat yuzasidan fermer xo‘jaligiga tegishli amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida joriy yilning 5 may kuni Amudaryo tuman hokimligiga so‘rov xati yuborilgan. So‘rov xatini ijro qilish tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari F.Sadullayevga yo‘naltirilgan.

Unda tegishli ma’lumotlar joriy yilning 11 may kuniga qadar taqdim qilinishi ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, F.Sadullayev tomonidan so‘rov xati bee’tibor qoldirilgan.

Qonunchilikka ko‘ra davlat organlari va boshqa tashkilotlar, ularning mansabdor shaxslari Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakilga uning faoliyatida ko‘maklashishi, u tomonidan so‘ralayotgan, tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga taalluqli bo‘lgan hujjatlar, materiallar hamda boshqa ma’lumotlarni, agar boshqa muddat belgilanmagan bo‘lsa, so‘rov olingan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmasdan taqdim etishi shart.

Yuqoridagi qonun buzilish holati yuzasidan hokim o‘rinbosari F.Sadullayevga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirildi.

 Amudaryo tuman ma’muriy sud qarori bilan hokim o‘rinbosariga jarima jazosi tayinlandi.

Kiritildi: 19:50 03.08.2020. O'qildi: 2705 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!