Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Tadbirkor shikoyati ortidan “O‘zbekiston temir yo‘llari”ga nisbatan ish qo‘zg‘atildi

Tadbirkor shikoyati ortidan “O‘zbekiston temir yo‘llari”ga nisbatan ish qo‘zg‘atildi

O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan Farg‘ona viloyatida joylashgan tadbirkorlik sub’ektining “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ “Qo‘qon mintaqaviy temiryo‘l uzeli” UK tomonidan yuklash va yuk tushirishga yo‘naltirilgan vagonlarga bo‘rda belgi qo‘yish xizmati majburiy tarzda ko‘rsatilayotganligi to‘g‘risidagi murojaati o‘rganib chiqildi.

Vagonlarga bo‘rda belgi qo‘yish – qayta ishlanishi lozim bo‘lgan poyezd vagonlarining uchastka stansiyalariga yoki saralovchi stansiyalarga kelganidan keyin qo‘yiladigan shartli belgilar.

Murojaatda keltirilgan masala bo‘yicha olib borilgan o‘rganishlar natijasida, bo‘rda belgi qo‘yish xizmati iste’molchiga zarur bo‘lgan holatda, uning tegishli arizasiga  binoan temiryo‘l tashkiloti tomonidan ko‘rsatilishi kerakligi ma’lum bo‘ldi.

Bundan tashqari, iste’molchining mazkur xizmatga ehtiyoji va arizasi mavjud bo‘lmasada, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ “Qo‘qon mintaqaviy temiryo‘l uzeli” UK tomonidan asosiy ortish va tushirish uchun vagonlarni taqdim etish xizmati bilan birga bo‘rda belgi qo‘yish xizmati ko‘rsatib kelinayotgani aniqlandi.

Natijada, tadbirkorga tabiiy monopoliya sub’ekti tomonidan 61.7 mln. so‘mlik asossiz qarzdorlik hisoblangan.

Mazkur holat yuzasidan Qo‘mita tomonidan “O‘zbekiston temir yo‘llari“ AJga nisbatan ish qo‘zg‘atildi hamda tabiiy monopoliyalar to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini buzilishini to‘xtatilishi va kelgusida takrorlanmasligi yuzasidan ko‘rsatma berildi, asossiz hisoblangan mablag‘lar tadbirkor foydasiga qayta hisob-kitob qilindi.

Hurmatli tadbirkorlar, faoliyatingizda bu kabi holatlar uchrasa, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Axborot xizmati bu haqda xabar berdi.

Kiritildi: 15:33 12.07.2019. O'qildi: 1826 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!