Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Surxondaryoda yurtimizga qurol olib kirishga uringan chet ellik fuqaro to‘xtatildi

Surxondaryoda yurtimizga qurol olib kirishga uringan chet ellik fuqaro to‘xtatildi

Bojxona xodimlari tomonidan navbatdagi qonunbuzilish holatiga chek qo‘yildi.

Xususan, Surxondaryo viloyati  “Sariosiyo”  chegara bojxona postiga qo‘shni davlatdan o‘zining “Folksvagen Djetta” rusumli yengil avtomashinasida kirib kelgan xorijiy davlat fuqarosi YU.A.  belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi.

Tekshiruv natijasida, ushbu shaxsning avtomashinasida bojxona yuk deklarasiyasida ko‘rsatilmagan va bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovida ma’lum qilinmagan pnevmatik to‘pponcha, 5 dona gaz balloni va 630 dona po‘lat o‘qlar borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 15:57 03.09.2019. O'qildi: 2125 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!