Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Surxondaryoda yuk mashinasi 55 yoshli piyodaning umriga zomin bo‘ldi (VIDEO)

Surxondaryoda yuk mashinasi 55 yoshli piyodaning umriga zomin bo‘ldi (VIDEO)

Joriy yilning 12 oktyabr kuni soat 14:00 larda, Surxondaryo viloyati, Jarqo‘rg‘on tumani, “Do‘stlik” mahallasi hududidan o‘tuvchi 4R-102 avtomobil yo‘lining 1-kilometrida haydovchi, 1994 yilda tug‘ilgan J.B. boshqaruvidagi “Man TGS 40.400” rusumli yuk avtomashinasida svetoforning taqiqlovchi qizil chirog‘ida to‘xtab, yashil chirog‘ida harakatlangan vaqtida, yo‘lning o‘ng tomonidan chap tomoniga, belgilanmagan joydan kesib o‘tayotgan piyoda 1965 yilda tug‘ilgan G.A.ni urib yuborgan.

 

Natijada, piyoda 55 yoshli G.A. og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Jarqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida haydovchi J.B. bir yil mobaynida ikki marotaba qoidabuzarlik sodir etgan.

Kiritildi: 16:41 15.10.2020. O'qildi: 2726 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!