Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Surxondaryoda svet o‘chish muammosi qachon hal bo‘lishi aytildi

Surxondaryoda svet o‘chish muammosi qachon hal bo‘lishi aytildi

Energetika vazirligi mutasaddilari Surxondaryo viloyatining ayrim hudularida kuniga bir necha marotaba svet o‘chayotgani sababi hamda ushbu muammo qachon hal bo‘lishini aytishdi, Sputnik muxbiri xabariga asosan.

Bugungi kunda boshqa viloyatlarga nisbatan, Surxondaryo viloyatida elektr energiyasi bo‘yicha cheklov bor. Sababi, viloyatdagi 500 kVtga ega podstansiyaning quvvati yetmayapti. Ayni damda “Milliy elektr tarmoqlari” Surxon podstansiyasini Jahon banki mablag‘lari asosida rekonstruksiya qilmoqda. Shunga  ko‘ra bu muammo joriy yilning Sentyabr-Oktyabr oylarida hal etilishi ko‘zda tutilgan, - dedi “Hududiy elektr tarmoqlari” boshqaruvi raisi Ulug‘bek Mustafoyev.

“Hududiy elektr tarmoqlari” boshqaruvi raisi  ta’midlashicha,  elektr energiyasining grafik asosida taqsimlanishida o‘sha hududdagi tadbirkorlar, ishlab chiqaruvchilar, tibbiyot muassasalari, maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari, eksportyor korxonalar, 24 soat davomida  elektr energiyasi bilan ta’minlanishi zarur bo‘lgan donni qayta ishlash korxonalari borligini hisobga olinadi.

Shu bois ishlab chiqarish korxonalari kamroq bo‘lgan hududlarda elektr energiyasi ko‘proq uzatiladi. Grafikka ko‘ra har bir mahallaga 1, uzog‘i bilan kuniga ikki mahal 1 soatdan elektr energiyasi o‘chirilishi mumkin. Havo issiq bo‘lgan kunlarda elektr energiyasiga bo‘lgan talab kamayadi va o‘sha kunlarida elektr energiyasi kamroq o‘chadi.

 

Kiritildi: 12:57 15.02.2020. O'qildi: 2848 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!