Bugun 30 mart, 2024 yil, shanba

КИР

Surxondaryoda profilaktika inspektori yordamchisi bilan birga haydovchini kaltaklashdi

Surxondaryoda profilaktika inspektori yordamchisi bilan birga haydovchini kaltaklashdi

Yuqoridagi nom bilan tarqatilgan ma’lumot Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi yozmoqda.

Aniqlanishicha, 2019 yilning 25 iyun kuni Sariosiyo tumani tibbiyot birlashmasidan tuman IIBga kelib tushgan xabarnomaga ko‘ra, joriy yilning 24 iyun kuni soat 23.20larda Sariosiyo tumani “Marjona” mahallasida yashovchi “To’palang MG Holding” mas’uliyati cheklangan jamiyatga qarashli “MAN” rusumli yuk avtomashinasi haydovchisi Abdusalom Nurovni “Chilonzor” mahallasi profilaktika inspektori Ishmurzayev Quvondiq urib tan jarohati yetkazilganligi bildirilgan.

Mazkur holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar Sariosiyo tumani IIB Navbatchilik qismida qayd etilgan.

Haydovchi Abdusalom Nurov va profilaktika inspektori Quvondiq Ishmurzayevlarning ko‘rsatmalarida qarama-qarshiliklar hamda amaldagi qonunchilikka asosan ichki ishlar organlari xodimlari bilan bog‘liq huquqbuzarlik holatlari prokuratura organlari tomonidan ko‘rib chiqilishini inobatga olib, barcha materiallar tegishliligi bo‘yicha ko‘rib chiqish uchun Sariosiyo tumani prokuraturasiga yuborilgan.

 

Kiritildi: 14:48 11.07.2019. O'qildi: 1927 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!