Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Surxondaryoda noyob o‘simlik shirasini yig‘ish uchun fuqarolardan katta pul olgan guruh fosh etildi

Surxondaryoda noyob o‘simlik shirasini yig‘ish uchun fuqarolardan katta pul olgan guruh fosh etildi

Bosh prokuratura Surxodaryo viloyatida Kavrak (ferula) o‘simligi shirasini yig‘ish uchun fuqarolarning 170 000 dollarni qo‘lga kiritgan shaxslarning firibgarligi fosh etilgani haqida xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, BP huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “B.E.” xususiy korxonasi rahbari D.K o‘zining sheriklari bilan fuqarolar G.A. va boshqalarning ishonchiga kirib, ularni aldab, 2018 va 2019 yilning yanvar-iyul oylarida Surxondaryo viloyatining tog‘ va tog‘oldi yalangliklarida o‘suvchi noyob hisoblangan kavrak (ferula) o‘simligi shirasini shartnoma asosida yig‘ish uchun ruxsat olib berishi evaziga, fuqarolar G.A. va boshqalarning jami 170 000 AQSh dollari va 53,0 mln. so‘m pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan D.K. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

Kiritildi: 14:21 17.01.2020. O'qildi: 2493 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!