Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Surxondaryoda kollej direktori shapaloq tushirgan 18 yoshli yigit o‘z joniga qasd qildi (VIDEO)

Surxondaryoda kollej direktori shapaloq tushirgan 18 yoshli yigit o‘z joniga qasd qildi (VIDEO)

«Mening yurtim» telekanali orqali efirga uzatiladigan «Markaziy studiya» muxbirlari Surxondaryo viloyati Boysun tumanida 18 yoshli o‘quvchi nima sababdan o‘z joniga qasd qilgani to‘g‘risida lavha tayyorladi.

Joriy yilning 24 sentyabr kuni Akobir Xazratqulov ismli yigit kelishmovchilik sabab o‘zini osib qo‘ygan, biroq oradan bir oy o‘tgan bo‘lsa-da, huquq-tartibot organlari hamon bu borada hech qanday ma’lumot berganicha yo‘q.

«Birga ketayotganimizda yo‘limizdan bitta tosh chiqdi. Akobir olib, uni otib yubordi. Tosh oldinroqda ketayotgan qizning oldiga borib tushdi. Bundan jahli chiqqan qiz qo‘pollashib ketdi. Borib dadasiga ‘bular meni tosh bilan uryapti’ deb aytib berdi. Dadasining asabi buzilib, o‘rtog‘im bilan janjallashib ketdi va ertaga kollejingga borib, direktorini oldiga olib kirish bilan tahdid qildi», — deydi marhumning do‘sti.

Qizning dadasi borib kelganidan so‘ng, 24 sentyabr kuni Boysun tumanidagi Qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kolleji direktori Dono Avazov marhum Akobirni chaqirib, haqoratlaydi. «Oilangda farosat bo‘lmaganidan keyin, akangda ham bo‘lmaydi-da», — deya kollej direktori Akobirning akasini ham haqorat qilgan.

Direktor Akobirga ikki-uch marta shapaloq tushirib, shunaqa kiyinib kelib meni ishdan haydatmoqchimisanlar degan.

Akobirning do‘stlarini aytishicha, tosh qizga tegmagan, biroq qiz oyog‘ining boldir qismidagi ko‘kargan joyni ko‘rsatib «shu yerga tekkan» deb turib olgan. Marhumning akasi vaziyatga yechim topish maqsadida mahalla posboniga murojaat qilgan. U esa qizning dadasi Akobirni jarimaga tortishni talab qilayotganini, agar bir kun paxtaga chiqsa masalasini hal qilib berishni va’da qilgan. Akobirning akasi paxtaga borib kelgan, biroq bu orada yigit o‘z joniga qasd qilgan.

Kiritildi: 10:57 26.10.2019. O'qildi: 6833 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!