Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Surxondaryoda fojia: ikki kishi tiriklay yonib ketdi

Surxondaryoda fojia: ikki kishi tiriklay yonib ketdi

Surxondaryo. 2020 yilning 29 iyun kuni soat 23:30 da haydovchi 31 yoshli Z.T. boshqaruvidagi «Malibu» rusumli avtomashinasini Qiziriq tumani «Zarbdor» mahallasi hududidan o‘tuvchi 4R 100 avtomobil yo‘lining 81 kilometrida Bandixon-Qiziriq tumani yo‘nalishida harakatlanib, qarama-qarshi yo‘nalishdan harakatlanib kelayotgan 56 yoshli O‘.X., ning boshqaruvida bo‘lgan “VAZ 2101” rusumli avtomashinaning harakat yo‘nalishiga chiqib ketishi oqibatida, avtomashinaning old o‘ng tomoni bilan “VAZ 2101” rusumli avtomashinaning old chap tomoni bilan to‘qnashib, yo‘l transport hodisasini sodir etgan.

Natijada “VAZ 2101” rusumli avtomashinada yong‘in chiqib, haydovchi O‘.X. va old o‘rindig‘ida yo‘lovchi sifatida ketayotgan 50 yoshli A.J., lar yong‘in natijasida avtomashina salonida qolib ketib, hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Qiziriq tuman IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Kiritildi: 18:00 30.06.2020. O'qildi: 5608 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!