Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Surxondaryoda aka otasi o‘lgach, singillarini uyidan chiqarib yubordi

Surxondaryoda aka otasi o‘lgach, singillarini uyidan chiqarib yubordi

Kuni kecha, 17 iyul kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali Sariosiyo tumani "Xulkar" mahallasida ikki qiz otasi vafot etgach, akasi tomonidan uydan chiqarilganligi yuzasidan videomatemurojaat bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Murojaat Sariosiyo tumani hokimligi axborot xizmati hamda tuman hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Zuxra Esanova boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan joyida o‘rganildi.

O‘rganishda, "Xulkar" mahallasida yashovchi S.N. bundan uch yil ilgari turmush o‘rtog‘i M.U. bilan ajrashib, boshqa inson bilan turmush qurgan hamda avvalgi turmushidan tug‘ilgan ikki nafar qiz farzandini ham o‘zi bilan Termiz shahriga olib ketgan.

Bundan bir hafta oldin M.U. singillari Z.M. va S.M. larni otasining o‘limidan oldin roziligini olish uchun chaqirtirgan. Otasi vafotidan besh kun o‘tib, oradagi turli gap so‘zlar sababli akasi jahl ustida singillarini onasi bilan yashashlari mumkinligini aytgan.

Ishchi guruh xonadonga tashrif buyurganda qizlar qo‘shnisining uyida yashayotganligi ma’lum bo‘ldi. Tuman hokimligi, diniy vakil, profilaktika inspektori hamda mahalla ma’muriyati tomonidan muammo batafsil o‘rganilib, ikkala tomonga tushuntirish ishlari olib borildi.

M.U. singillari ota uyida tinch-totuv yashashga rozi bo‘lishsa, ta’minotini o‘z bo‘yniga olishini, singlisining o‘qishini ham o‘zi nazorat qilishini bildirdi.

Ishchi guruh tomonidan oilaviy nizo bartaraf etilib, oila yashartirildi.

Sariosiyo tumani hokimligi
Axborot xizmati

Kiritildi: 10:26 23.07.2021. O'qildi: 6791 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!