Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Surxondaryoda 1-kurs talabasi mash’um fojia qurboni bo‘ldi

Surxondaryoda 1-kurs talabasi mash’um fojia qurboni bo‘ldi

Surxondaryo viloyatining Angor tumanida joriy yil 1 sentyabr kuni soat 22:15larda noma’lum haydovchi aniqlanmagan avtomashinani Xomkon mahallasi hududida haydab ketayotib piyoda, shu mahallada yashagan, Termiz davlat universiteti 1-kurs talabasi 19 yoshli Zuxriddin Safarovni urib yuborib voqea joyidan ketib qolgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar tarqatdi.

Natijada Z.Safarov jarohat olib kasalxonaga keltirilganida vafot etgan. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu yo‘l-transport hodisasini “To‘lqin” MFYda yashovchi 25 yoshli Abdulaziz Norboyev o‘zining davlat raqami 75 S 604 BA bo‘lgan “Damas” rusumli avtomashinasida sodir etganligi aniqlanib, avtomashina Navro‘z mahallasi hududidan topilgan. A.Norboyevni ushlash choralari ko‘rilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV ushbu yo‘l-transport hodisasini sodir etgan haydovchi haqida biron-bir ma’lumotga ega bo‘lganlardan ichki ishlar organlarining hududiy bo‘limlariga yoki “102” telefon raqamiga xabar berishlarini so‘raydi.

 

Kiritildi: 13:26 03.09.2019. O'qildi: 4554 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!