Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Surxondaryo viloyati sobiq hokimi Moskvaga olib ketildi: ahvoli og‘ir

Surxondaryo viloyati sobiq hokimi Moskvaga olib ketildi: ahvoli og‘ir

Bahodir Po‘latov avvalo ko‘pchilikka «Bolalar» guruhi tarkibidagi qo‘shiqlari bilan tanilgan va keyinchalik bir muddat ko‘zga tashlanmay ketdi.

«7News.uz»ishonchli manbasi xabariga ko‘ra, yurak kasalligi sababli Bahodir Po‘latov og‘ir ahvolda qolmoqda.

Ana shu davrda u o‘z otasi Baxtiyor aka Po‘latovning «bosgan yo‘li», ya’ni ota kasbi prokurorlikka o‘tib ketishga qaror qildi.

Dastlab Toshkent shahar Yakkasaroy tumani prokuraturasida Prokuror yordamchisi va keyinchalik prokuror bo‘lgan Bahodir Po‘latov Toshkent shahridagilar uchun Shayxontohur tuman prokurori bo‘lganidan so‘ng juda tez tanildi.

Shayxontohur tuman prokurori bo‘lganda u professional prokuror emasligini amalda isbotlab «ko‘pchilikning qahriga duchor bo‘ldi». Adolat u kelganidan so‘ng bu tuman prokuraturasida ancha orqaga chekindi.

Bahodir Po‘latov aytdimi demak u Departament va IIB uchun qonun edi. Tergovga kelgan materiallar Bahodir Po‘latov imzosidan keyin uning aytgani bo‘yicha bo‘lar edi(Bunga faktimiz bor).

Keyinchalik Bahodir Po‘latov mansab pillapoyalaridan shu qadar tez ko‘tarildiki, ko‘pchilik buni uning otasining bu sohadagi obro‘si va shogirdlari ko‘pligi bilan baholadi.

Bosh prokuror Rashidjon Qodirov paytida san’atkordan chiqqan prokuror «erkatoy» bo‘lib yuqori lavozimlarga ko‘tarila boshladi.

U Qashqadaryo viloyati prokurori, Toshkent viloyati prokurori lavozimlarida ham ishladi.

So‘nggi ish joyi esa Surxondaryo viloyati hokimligi bo‘ldi va uning yuqori lavozimdagi faoliyati shu nuqtada tugadi.

U aytilmagan va biz taxmin qilgan xabarlarga ko‘ra lavozimidan olindi.

Tasdiqlanmagan xabarlarga ko‘ra, Bahodir Po‘latov Ixtiyor Abdullayevga oid jinoyat ishi bo‘yicha tergovga chaqirilgan. Uning tergovga jalb qilingani, borgani, guvoh yoki ayblanuvchi sifatida ishtirok etgani borasida ham rasmiy ma’lumotlar yo‘q.

shunisi aniqki, u ushbu chaqiruvdan so‘ng qattiq betob bo‘lgan(rostan yurak kasaliga duchor bo‘lgan) va u davolanish uchun Rossiyaning Moskva shahriga olib ketilgan.

Bizdagi ishonchli ma’lumotlarga ko‘ra, haqiqatda ham hozirda og‘ir ahvolda shifokor nazoratida qolmoqda.

Kiritildi: 15:18 12.12.2019. O'qildi: 8969 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!