Bugun 9 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Suriyaning Lozkiye viloyatida o‘rmon yong‘inlari bilan kurash davom etmoqda

Suriyaning Lozkiye viloyatida o‘rmon yong‘inlari bilan kurash davom etmoqda

Suriya shimolidagi Lozkiye (Latakiya) viloyatining Turkmendag‘i tumanida joylashgan Bashura qishlog‘i yaqinida sodir bo‘lgan yirik o‘rmon yong‘ini ustidan nazorat o‘rnatish ishlari hali ham davom etmoqda.

Suriyaning SANA axborot agentligi xabariga ko‘ra, yong‘in juma kuni kechqurun boshlangan va murakkab relyef hamda kuchli shamol tufayli tezda katta hududga tarqalgan.

Fuqaro muhofazasi kuchlari, shuningdek Favqulodda vaziyatlar va tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish vazirligiga qarashli o‘t o‘chiruvchi otryadlar yong‘inning aholi punktlariga va qishloq xo‘jaligi yerlariga yaqinlashishining oldini olish uchun harakat qilmoqda.

Viloyat fuqaro mudofaa markazi rahbari Mahmud ash-Shurnayqiyning aytishicha, o‘t o‘chiruvchilar jiddiy qiyinchiliklarga duch kelmoqda:

“Bashur hududidagi yong‘inni o‘chirishni o‘ta murakkab relyef va shamol kuchayishi yanada qiyinlashtirmoqda”, — dedi u.

Shuningdek, u ayrim hududlarda janglardan qolgan portlamagan o‘q-dorilar topilganini, bu esa ishlarni yanada ehtiyotkorlik bilan bajarishni talab qilayotganini qayd etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yong‘inni o‘chirish uchun mavjud barcha resurslar saf mobilizasiya qilingan.

“Guruhlarimiz to‘liq quvvat bilan ishlamoqda. Yaqin soatlarda yong‘inni o‘chirish va hududni sovutish bo‘yicha ijobiy natijalarga erishishga umid qilyapmiz”, — deya qo‘shimcha qildi ash-Shurnayqiy.

O‘tgan yozda Lozkiyening shimoliy hududlarida sodir bo‘lgan keng ko‘lamli o‘rmon yong‘inlari katta ekologik va qishloq xo‘jaligi zarariga sabab bo‘lgan edi. Shu bois rasmiylar hududdagi yong‘inlar xavfini kamaytirish maqsadida tezkor choralarni kuchaytirgan.

Kiritildi: 13:36 22.11.2025. O'qildi: 494 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!