Bugun 29 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

Suriyalik isyonchilar Halabda bir qancha qishloqlarni nazorat ostiga oldi

Suriyalik isyonchilar Halabda bir qancha qishloqlarni nazorat ostiga oldi

Suriyalik isyonchilar Halabda Bashar Asad rejimi kuchlariga hujum qilib, bir qancha qishloqlarni nazorat ostiga oldi

Bu 2020 yildagi sulh bitimidan keyin tomonlar o‘rtasidagi birinchi yirik to‘qnashuvdir.

27 noyabrda boshlangan hujumga “Al-Qoida”ning Suriyadagi sobiq bo‘limi jangchilari tomonidan boshqariladigan “Hayyat Tahrir ash-Shom” guruhi boshchilik qilmoqda. Ular o‘z harakatlarini prezident Asad kuchlarining yaqinda uyushtirgan hujumlariga javob sifatida baholadilar.

Isyonchilar 13 ta aholi punktini, jumladan strategik ahamiyatga ega bo‘lgan Urm-as-Sugra va Anjara shaharlarini, 46-bazani (Asad rejimning g‘arbiy Halabdagi eng yirik bazasi) egallab olgani, shuningdek, hukumat kuchlariga tegishli bo‘lgan qurollar hamda transport vositalarini qo‘lga kiritganliklarini ma’lum qilishgan.

Hujum paytida hukumatning 37 nafar askari halok bo‘lgan. Bundan tashqari, Bashar Asad tomonida jang qilayotgan Rossiya maxsus kuchlari jangchilari ham yo‘qotishlarga uchragan bo‘lishi mumkin.

Kiritildi: Bugun 16:22. O'qildi: 423 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!