Suriyadagi yirik arab qishlog‘i Isroilga qo‘shilish istagini bildirdi, deb xabar bermoqda Kan teleradiokmpaniyasi.
Aniqlanishicha, mazkur hududda yashovchi druzlar Damashqda sunniy musulmonlar hokimiyat tepasiga kelganidan keyin o‘z taqdirlaridan xavotir bildirgan.
Druzlar — shia mazhabidagi arablarning etnik konfessional guruhi. Isroil 1967 yildan beri Golan tepaligidagi bir nechta druz qishloqlarini nazorat qiladi, qolgan qishloqlar Suriya tarkibida qolgan.
Isroil telekompaniyasi Suriya bufer zonasining Isroil bilan chegarasi yaqinidagi Xader qishlog‘i aholisining murojaati aks etgan videoni tahlil qildi. Biroq mazkur videoning haqiqiyligi tasdiqlanmagan.
Xabarda ta’kidlanishicha, o‘nlab qishloq aholisi Isroilning bir qismi bo‘lish tarafdori bo‘lgan. Ularning fikricha, bu sunniylar hokimiyat tepasiga kelganidan keyin Suriya tarkibida qolishdan xavfsizroq bo‘ladi.
“Biz o‘z sharafimizni saqlab qolish uchun Isroil Golaniga qo‘shilishni xohlaymiz va bu atrofdagi barcha qishloqlarga tegishli, chunki Hadera taqdiri butun mintaqamiz taqdiridir. Biz Golandagi xalqimizga qo‘shilishni erkin yashashni so‘raymiz”, deydi qishloq aholisidan biri.