Bugun 30 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Suriyadagi muxolif guruhlar Aleppo markaziga kirdi

Suriyadagi muxolif guruhlar Aleppo markaziga kirdi

Suriyadagi muxolif guruhlar Aleppo markaziga kirib bordi.

Bu haqda Haber Global xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Aleppo aeroporti parvozlar uchun yopiq, shaharda armiya va isyonchilar o‘rtasida otishmalar davom etmoqda.

Aleppo polisiya shtab-kvartirasi joylashgan ma’muriy bino allaqachon muxolifat kuchlari tomonidan bosib olingan. Tegishli kartalar ijtimoiy tarmoqlarda tarqatildi.

Reuters agentligi manbalarga tayanib xabar berishicha, Suriya armiyasi Aleppo shahriga kirish va undan chiqadigan asosiy yo‘llarni to‘sib qo‘ygan. Nazorat punktlaridan faqat harbiy xizmatchilar o‘tishi mumkin bo‘ladi.

The New York Times gazetasida chop etilgan maqolada aytilishicha, "Hayyat Tahrir ash-Sham" guruhi Suriya hukumat kuchlarining qarshiliklariga duch kelmay, bir necha soat ichida Alepponing yarmidan ko‘pini nazoratga olgan.

Kiritildi: Bugun 09:57. O'qildi: 211 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!